10:46 / 07.09.2016
42846

Peterburgdagi ko‘prikni Islom Karimov sharafiga nomlash so‘raldi

Peterburgdagi ko‘priklardan birini O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlash so‘ralmoqda. Bu haqida Federal axborot agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, "Milliy qo‘mita+60" ijtimoiy tashkiloti  Sankt-Peterburg hukumatiga ana shunday tashabbus bilan murojaat qilgan. 

Gap "Shon-shuhrat xiyoboni"dagi Dudergof kanalidan o‘tgan nomsiz piyoda ko‘prigi haqida bormoqda.

"Barchaga ma'lumki, o‘zbek jangchilari ruslar bilan yelkama-yelka turib, Qahramon Shaharni yovlardan himoya qilishgan, keksalarimiz esa evakuatsiya natijasida O‘zbekistonda kechgan kunlarini iliq xotiralar bilan yodga olishadi", - deya ta'kidlashdi tashkilot vakillari. 
 

Top