20:39 / 07.09.2016
12056

O‘zbekiston xalqiga ta'ziyanomalar kelishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta'ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta'ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan. 

Quyidagilar o‘z ta'ziyanomalarini yo‘llagan: 

Marokash Qiroli – Muhammad VI 

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika 

Chexiya Respublikasi Prezidenti – Milosh Zeman 

Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjyey Duda 

Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Vitold Vashikovski 

Maldiv Respublikasi Prezidenti – Abdulla Yamin Abdul Gayum 

Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti – Tsaxiagiyn Elbegdorj 

Gruziya Prezidenti – Giorgiy Margvelashvili 

Gruziya Bosh vaziri – Georgiy Kvirikashvili 

Gruziya tashqi ishlar vaziri – Mixeil Janelidze 

Ruminiya tashqi ishlar vaziri – Lazar Komanesku 

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, ESKATO ijrochi kotibi – Shamshad Axtar 

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti – Takexiko Nakao 

Jahon banki guruhi ijrochi direktori – Yorg Friden 

Energetika xartiyasi bosh kotibi – Urban Rusnak 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti – Suma Chakrabarti 

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi – Volfgang Byuxele 

“Xayat interneyshnl” kompaniyasining Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq bo‘yicha mintaqaviy prezidenti – Piter Fulton 

«LeMKeN» kompaniyasi ijrochi direktori – Antoni van der Ley 

«Uayt end Keys» kompaniyasi prezidenti – Jyeyson Kerr 

«INDORAMA» korporatsiyasi boshqaruvi a'zosi – Prakash Kejrival 

«Sumitomo Korporeyshn» prezidenti va katta ijrochi direktori – Kunixaru Nakamura 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy direktori – Jujanna Yakob 

Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi raisi – Iveta Grigule 

Rossiya televideniye va radioeshittirishlar uyushmasi rahbari – Eduard Sagalayev 

Tsukuba universiteti prezidenti – Kyosuke Nagata 

Bremen universiteti professori – Xagen Lixtenberg. 

Ta'ziyanomalar kelishi davom etmoqda. 

Top