00:40 / 08.09.2016
10378

Apple Air Pods simsiz quloqchinini taqdim etdi

Apple kompaniyasi San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmasida simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Ular Apple’ning barcha qurilmalari bilan iCloud orqali ishlay oladi.

Air Pods’ni Siri ovozli yordamchi bilan boshqarish mumkin. Quloqchin qo‘ng‘iroq vaqtida mikrofon vazifasini ham bajara oladi.

Quloqchinlar quvvatlash uchun xizmat qiladigan quti bilan birga sotiladi. Air Pods bir zayaryadda 5 soatgacha ishlay oladi, qutining quvvati esa bir kunga yetadi.

Mavzuga oid
Top