00:30 / 08.09.2016
10077

Apple suvga chidamli "aqlli" soatni namoyish qildi

Apple kompaniyasi San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Apple Watch Series 2 “aqlli” soatini namoyish qildi. Uning avvalgi gadjyetdan asosiy farqi – suvga chidamliligida.

Soat suzish vaqtida sarflangan kaloriyalarni hisoblab boradi.

Uning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmadi. Biroq uning ichki qismida avvalgi soatdan ikki barobar kuchli grafik chip o‘rnatilgan. Shuningdek, yangi texnologiya sababli displey ham ikki barobar yorug‘roq bo‘ldi.

Apple Watch 2 navigatsiya uchun GPS bilan jihozlangan. Yuguruvchilar uchun esa soatda maxsus Nike+ ilovasi o‘rnatilgan. Ilovaning asosiy ustunligi – u vaqti-vaqti bilan foydalanuvchini yugurishga undab turadi va bunga qo‘shimcha tarzda tashqaridagi ob-havo haqida yoki foydalanuvchi necha kundan beri yugurmagani haqida ma'lumot beradi.

Gadjyet AQShda 16 sentabrdan boshlab 359 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid
Top