18:39 / 08.09.2016
13993

Italiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2016 yilning 8 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertozzini qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Italiyalik diplomat O‘zbekiston hukumati va xalqiga O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o‘z mamlakati rahbariyatining hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazar ekan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishda Islom Karimov muhim rol o‘ynaganini ta'kidladi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Italiya hamkorligini yanada mustahkamlash hamda uning kun tartibini kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Top