20:51 / 08.09.2016
11537

Putin mudofaa zavodlarida tovalar ishlab chiqarishni taqiqlab qo‘ydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa-sanoat majmuasi salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ushbu soha korxonalariga fuqarolik mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng iste'mol mahsulotlariga tayanishni taqiqlab qo‘ydi.   

Putinning ta'kidlashicha, Rossiya mudofaa-sanoat majmuasi yuqori sinfdagi uskunalarga ega va "unda tovalar ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi". "Ishni ilg‘or, fan sig‘imli tarmoqlar ehtiyojlariga tayangan holda olib borish kerak", deb qo‘shimcha qildi Putin.

Iyulda mudofaa-sanoat majmuasini nazorat qiluvchi Dmitriy Rogozin ushbu soha korxonalarini tibbiyot texnikasini chiqarishni o‘zlashtirishga chaqirgandi. Rogozinning aytishicha, oxirgi 25 yil ichida Rossiya tibbiyot sanoati "yetakchilikni yo‘qotgan".

"Tibbiyot texnikasi va mahsulotlari katta qismining xorijdan xarid qilinishi bizga katta miqdorda soliq yo‘qotish, aholi bandligining qisqarishiga aylanmoqda", deb aytgandi Rogozin. 

 

Top