09:26 / 08.09.2016
11786

Reuters AQSh Obama vaqtida Saudiya Arabistoniga qanday qiymatdagi qurol sotganini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati vaqtida AQSh tomonidan qurol-aslaha sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar qiymati 115 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qildi va oxirgi 71 yil ichidagi shunday kelishuvlarning rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda Xalqaro siyosat markazi hisobotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

2009 yil yanvaridan AQSh va Ar-Riyod o‘rtasida turli qurol va harbiy texnika, jumladan, kichik kalibrli qurol-aslaha, o‘q-dorilar, tanklar, vertolyotlar, harbiy kemalar. "havo-yer" raketalari yetkazib berish bo‘yicha 42 ta bitim tuzilgan. Bundan tashqari, AQSh texnik qo‘llab-quvvatlash va saudiyalik harbiylarni o‘qitishni amalga oshiradi.

Hisobot muallifi Uillyam Xartungning aytishicha, texnikaning katta qismi hali Saudiya Arabistoniga yetkazilmagan. Avgustning o‘zidayoq Obama ma'muriyati Saudiya Arabistoniga 1,15 mlrd dollarlik qurolni sotishni ma'qulladi.

Xartungning fikricha, bunday bitimlar AQShga Saudiya Arabistoniga uning Yaman ixtilofidagi xatti-harakatlariga nisbatan ta'sir ko‘rsatishiga imkon beradi. 

Hisobot AQSh mudofaa vazirligi huzuridagi Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlik agentligi ma'lumotlariga asosanlanib tuzilgan. Qurol-aslaha sohasidagi bitimlar bo‘yicha takliflar kongress tomonidan ma'qullanishi talab etiladi. Agentlikning ta'kidlashicha, AQSh kongressi ko‘p takliflarni ma'qullaydi, biroq hisobotda ulardan qanchasi yakuniy hisobda rad etilgani ko‘rsatilmagan. 

Hisobotning to‘liq matnini 8 sentabrda chop etish belgilangan.

Top