17:38 / 08.09.2016
24014

Rossiya Davlat dumasi yig‘ilishi Islom Karimov xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi

Rossiya Davlat dumasi deputatlari «Ochiq minbar» majlisini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlashdan boshladi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar berdi.

«1 hafta avval O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etdi. U O‘zbekistonning mustaqil va suveren davlatga aylanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Men Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga hurmat sifatida bir daqiqalik sukut saqlashni taklif qilaman», — dedi Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin MDH tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan «Ochiq minbar» majlisida. 

Mavzuga oid
Top