22:34 / 08.09.2016
6138

Jan-Pol Belmondo Venetsiya kinofestivalining faxrli mukofotini qo‘lga kiritdi

Frantsuz aktyori Jan-Pol Belmondo Venetsiya kinofestivalining faxrli mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqida EFE xabar beradi. Taqdirlash marosimida aktrisa Sofi Marso ishtirok etdi.

«Men hech qachon o‘tgan ishlar haqida o‘ylamayman. Faqat olg‘a, olg‘a, olg‘a», – deydi 83 yoshli Belmondo.

Ilk bor aktyor Venetsiya festivalida 1965 yil Jan-Lyuk Godarning  «Telba Pero» filmi bilan ishtirok etgan. Filmni yomon qarshi olishgan, biroq oqibatda u klassik durdonaga aylangandi. Belmondoning boshqa mashhur suratlari qatorida «Katta xavf» (1960), «Menga yoquvchi erkak» (1969), «Borsalino» (1970), «Shahar uzra qo‘rquv» (1975), «Boyvachchaning taqdiri» (1988) filmlari bor.

 

Mavzuga oid
Top