08:49 / 09.09.2016
9808

AQShda hayvonlar qonida yashovchi parazit Obama sharafiga ataldi

AQShda biologlar hayvonlar qonida yashovchi mitti yassi parazitni AQSh prezidenti Barak Obama sharafiga atashdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Bakteriya Baracktrema obamai nomini oldi. Olimlarning aytishicha, ular bu bilan prezidentni haqoratlashmoqchi bo‘lishmagan, aksincha bu ilmiy hamjamiyatda sharafli hisoblanadi.

Biologiya professori Tomas Plattning aytishicha, "bu u prezident sharafiga qila olishi mumkin bo‘lgan eng kichik narsadir".

Ma'lum qilinishicha, bakteriya Yerdagi 10 ta hayvondan 7 tasining qonida mavjud.

 

Top