AQSh aviatsiya sohasidagi regulyator yo‘lovchilarni samolyotlarda Samsung Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanish yoki quvvatlashda ehtiyotkor bo‘lishdan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Parvoz vaqtida bu smartfonlardan foydalanmaslikni qat'iyan maslahat beramiz", deyildi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, mutassadilar bu smartfonlar batareykalarining o‘z-o‘zidan alangalanib ketishidan xavotirlanishmoqda.
Avvalroq Florida shtatida dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra salonida Samsung Galaxy Note 7 quvvatlashga qoldirilgan Grand Cherokee avtomobili yonib ketgani ma'lum qilingandi.
Bu orada Samsung kompaniyasi ushbu smartfonlardagi nuqson aniqlanguncha ularni sotishni to‘xtatib qo‘ydi.