09:04 / 09.09.2016
5219

Alp tog‘larida osma yo‘l kabinkalarida 110 kishi qolib ketdi

G‘arbiy Alplarda Monblan tog‘ massivi bo‘ylab o‘tuvchi osma yo‘lning tomosha kabinkalarida 110 kishi qolib ketdi, deb xabar berilmoqda hudud ichki ishlar vazirligi saytida.

Ma'lum qilinishicha, voqea osma yo‘ldagi texnik muammolar sababli yuz bergan. Odamlar dengiz sathidan 3 ming metrdan ortiqroq balandlikda qolib ketganlar.

Frantsuz va italyan qutqaruvchilari kabinkalarda qolib ketgan odamlarni evakuatsiya qilish uchun choralar ko‘rmoqdalar. Ta'kidlanishicha, qorong‘u tushguncha 65 kishi vertolyotlarda evakuatsiya qilingan. Qutqaruv operatsiyasi ob-havo sharoiti tufayli vaqtinchalik to‘xtatildi. Qolgan 50 kishi tonggacha kabinkalarda qolishlariga to‘g‘ri kelgan.

 

Top