12:05 / 09.09.2016
6161

KXDR xalq respublikasi tashkil etilganligining 68-yilligini nishonlayapti

Shimoliy Koreya Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil etilganligining 68 yilligini tantana qilmoqda. 

Shu munosabat bilan Pxenyan shahrida yig‘ilish o‘tkazilib, unda hukumat rahbari Pak Bon Dyu ma'ruza qilgan. Bosh vazir Kir Ir Sen va Kim Chen Irning sotsialistik Koreyani barpo etish va mamlakat qurolli kuchlarini mustahkamlashdagi xizmatlarini e'tirof etgan, deya xabar qilmoqda KMTA. 

U, shuningdek, bugungi kunda KXDR "Kim Chen In rahbarligida qudratli sotsialistik davlat qurishda cho‘qqiga chiqayotgan"ini qo‘shimcha qilgan.

Vazirlar mahkamasi bayram munosabati bilan xorijiy mamlakatlardan kelgan ko‘psonli delegatsiyalarni qabul qilmoqda. 

Shahar ko‘chalari KXDR davlat bayroqlari bilan bezatilgan. Stadionlar va sport maydonlarida musobaqalar o‘tkazilmoqda. Do‘konlar, kinoteatr, kafe va restoranlar mijozlarga xizmat ko‘rsatayapti. 
 

Mavzuga oid
Top