10:49 / 09.09.2016
6323

Mendez: Barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaning Kali shahrida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Terma jamoa Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida birinchi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotdan so‘ng bosh murabbiy Xose Mariya Mendez va jamoa sardori Artur Yunusovlar birinchi tur o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

A.Yunusov: "Birinchi maqsadimiz - guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz". 

X.M.Mendez: "Bizni autsayderlar qatorida ko‘rishmoqda, ammo bu narsa bizga qo‘l kelishi mumkin. Guruhimiz kuchli, lekin biz barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz.

Muvaffaqiyatli ishtirok, O‘zbekistonda futzalni yanada rivojlanishiga turtki beradi. Men shogirdlarimga ishonaman.

Panama kuchli jamoa, ammo birinchi o‘yin juda muhim axamiyatga ega. G‘alaba biz tomonda bo‘ladi deb umid qilaman".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turni Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida Panamaga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 10 sentabr kuni 18:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentabr 04:00)da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top