12:24 / 09.09.2016
18293

Nazarboyev yangi hukumatdagi o‘zgarishlarga izoh berdi

Qozog‘iston hukumatining yangi tarkibini tayinlash bilan bog‘liq barcha masalalar kechiktirilmay hal etiladi, unda katta o‘zgarishlar kutilmaydi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlat rahbari Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi. 

"Karim Masimovning bosh vazir lavozimidan ozod qilinishi munosabati bilan hozirda hukumat iste'foda, - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi "Kazinform" nashri. - Yangi tarkibni tayinlash bilan bog‘liq barcha masalalarni kechiktirmay hal qilamiz va o‘ylashimcha, katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi, zero hukumat murakkab davrda barcha  vazifalarini bajarmoqda". 

Nazarboyev nima uchun Masimovni Milliy xavfsizlik raisi lavozimiga o‘tkazganiga izoh berdi. "Hukumatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib turibsiz va buning o‘z mantig‘i bor, albatta - bu xavfsizlik darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq", - deya ta'kidladi u. 

Davlat rahbari Masimovning roziligi bilan "uning respublikadagi vaziyatni yaxshi bilishi va tajribasini inobatga olib, hozirgi murakkab davrda mana shunday muhim sektorga rais etib tayinlangan"ini qo‘shimcha qildi. 
 

Top