14:44 / 09.09.2016
8453

Ukraina gaz importini to‘xtatdi

Ukraina Polshadan tabiiy gaz import qilishni to‘xtatdi. «Ukrtransgaz» gaz transport tizimi matbuot kotibi Maksim Belyavskiyning Facebook sahifasida ma'lum qilishicha, bunga gaz quvurida yuz bergan avariya holati sabab bo‘lgan. 

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Lvov viloyatidan o‘tgan 800 mmli magistral gaz  quvurining germetikligi buzilgan. Ayni vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilayapti. 

Avgust oyida Rossiya gazining Ukraina hududi orqali tranziti 14 foizga kamaydi.  «Gazprom» bugungi kunda Ukraina orqali Yevropaga 240 million kub metr o‘rniga 207 million kub metr gazni yetkazib bermoqda. 
 

Mavzuga oid
Top