15:22 / 09.09.2016
199581

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tarjimai holi

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 1957 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Zomin tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan. 

1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi institutini "injyener- mexanik" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi. 

1981-1992 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi institutida kichik ilmiy xodimdan institut rektorining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 

1990 yilda O‘zbekiston Oliy kengashi deputati sifatida saylangan. 1994 yili mamlakatning yangi parlamenti (Oliy Majlis) deputati bo‘lgan. 1999 yilda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga Jizzax viloyatidan deputat bo‘lgan. 

1992 yili Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996-1999 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. 

2003 yil 11 dekabrida mamlakat parlamenti tomonidan prezident Islom Karimov taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligiga tasdiqlangan. 

2004 yili O‘zbekistonda tashkil etilgan O‘zLiDeP partiyasi siyosiy kengashi tarkibiga kirib, 2005 yil 28 yanvar va 2010 yil 27 yanvarda partiyadan hukumat rahbarligiga tavsiya etilgan va tasdiqlangan. 

2015 yil 23 yanvarida yana bir marta Oliy Majlis tomonidan hukumat raisi lavozimiga tasdiqlangan. 

O‘zbekiston tarixida birinchi marta, uning nomzodi davlat rahbari emas, parlament saylovida g‘alaba qozongan siyosiy harakat – O‘zLiDeP partiyasi tomonidan ilgari surilgan. 

Shavkat Mirziyoyev 2005 yildan hukumat rahbarligi bilan birga respublikaning barcha agrosanoat majmuasini ham nazorat qiladi. 

2016 yil 8 sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini vaqtincha bajaruvchi.

Top