09:41 / 10.09.2016
6512

AQSh hukumati Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari borasida tavsiyalar berdi

© AP Photo

AQShning iste'mol tovarlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasining 9 sentabrda e'lon qilgan bayonotida, iste'molchilarga Samsung Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanmay turish xususida tavsiya bergan.

Unga ko‘ra, mazkur telefon egalari qurilmalardan foydalanishni to‘xtatib, batareyasi yonishi ehtimoli sababli, uni o‘chirib qo‘yishi maqsadga muvofiq. Hozirda, ma'muriyat Samsung kompaniyasi bilan birgalikda modelni qaytarib olish shartlari ustida bosh qotirmoqda. Xususan, Samsung taklif qilayotgan smartfonlar nuqsonli telefonni almashtirishga mos keladimi-yo‘qmi?, kabi masalalarga oydinlik kiritish kerak. 

Avvalroq, Amerika fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) yo‘lovchilarga ushbu telefonlarni samolyot bortida ishga tushirmaslikni tavsiya qilgan edi. Kanada transport vazirligi va Avstraliyaning qator aviakompaniyalari bundan o‘rnak olgandi. 

Top