11:13 / 10.09.2016
6120

Apple haydovchisiz avtomobil yaratish ustida ishlayotgan bir necha o‘nlab xodimlarini ishdan bo‘shatdi

© AP Photo

Apple kompaniyasi haydovchisiz avtomobil yaratishga ixtisoslashgan Titan loyihasini yopdi va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab ishchilarini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The New York Times nashri xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda ko‘plab kompaniyalar, jumladan Google, Uber, Tesla, Ford, General Motors va boshqa kompaniyalar haydovchisiz avtomobillar uchun texnologiyalarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Apple bu sohadagi barcha ishlanmalarni sir saqlagan. Yaqinda Titan loyihasiga Apple faxriysi – Bob Mensfild taklif qilingandi.

Manbalarning ma'lum qilishicha, kompaniyada katta ko‘lamdagi qisqartirishlar loyihadagi o‘zgarishlar bilan bog‘langan, biroq hech qanday tafsilotlar oshkor qilinmayapti. Shunisi ma'lumki, Mensfild kelishi bilan kompaniya haydovchisiz avtomobillarni yaratish o‘rniga haydovchisiz boshqaruv texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.
 

Top