07:50 / 10.09.2016
16880

Isroil aviatsiyasi Suriya hukumat qo‘shinlariga zarba berdi

Isroil aviatsiyasi Suriya hududidan otilgan va Golan tepaliklarining Isroilga qarashli qismiga tushgan snaryadga javoban Suriya hukumat qo‘shinlari pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya armiyasining artilleriya bo‘linmasiga zarba bergan.

Isroilda "mamlakat suvereniteti va aholisi xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga" chidab turilmasligi aytildi. Isroil hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi haftada ularga tegishli hudud Suriya tomonidan uch marta o‘qqa tutilgan.

 

Mavzuga oid
Top