03:14 / 10.09.2016
22143

Olimlar insonning tez shifo topishi uchun "eng yaxshi dori"ni aniqlashdi

Texas universitetining bir guruh yetakchi olimlari har qanday kasallikni davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan eng samarali vositani aniqlashdi va buni amalda isbotlashdi. Bu haqida Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Insonning tez shifo topishida yordam beruvchi universal vosita - bu uning do‘stlari. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shifoxonada har kuni do‘stlari va yaqinlari bilan muloqot qilgan bemorlar qolganlarga qaraganda tezroq tuzalishgan. Olimlarning fikricha, insonning jismonan shifo topishida uning ruhiy holati juda katta ahamiyatga ega. 

Ilmiy izlanishda 120 ming nafar bemor ishtirok etdi. Mutaxassislar ularning har biridan do‘stlari va yaqinlari unga g‘amxo‘rlik qilayotgani va bu nimalarda o‘z aksini topayotganligi haqida surishtiruv ishlarini olib borishdi va natijada ruhiy qo‘llab-quvvatlash - har qanday kasalliklardan eng yaxshi davo, degan xulosaga kelishdi. 

Top