14:53 / 11.09.2016
11519

Turkiya samolyotlari Suriya shimolida IShIDning 20 nafar jangarisini yo‘q qildi

Turkiya Harbiy-havo kuchlari tarkibidagi samolyotlar Suriya shimolidagi harbiy amaliyotlar davomida IShIDning yana 20 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lum qilgan.

"Frot qalqoni" amaliyoti davomida 10 sentabr kunining ikkinchi yarmida Turkiya samolyotlari Suriyaning At-Tell shahrida amaliyot o‘tkazdi. IShIDga tegishli 3ta bino, 1ta mototsikl va 1ta avtomobil hamda 20 nafar jangari yo‘q qilindi", deya Turkiya tomoni xabarini keltirgan RIA Novosti.

24 avgust kuni Turkiya hukumati Suriya shimolida IShID jangarilariga qarshi "Frot qalqoni" nomli keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlab Suriyaga kirgan Turkiya harbiylari ilk hujumlardan keyinoq Jarablus shahrini jangarilardan ozod qildi. Keyinroq Turkiya bu harbiy amaliyotlarni hududdagi kurdlarga qarshi ham o‘tkazayotgani ma'lum bo‘ldi.

Top