21:44 / 12.09.2016
6554

Italiya qirg‘oqlari yaqinida 3,5 mingga yaqin qochqin qutqarib qolindi

O‘tgan dam olish kunlari Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati O‘rta yer dengizida deyarli 3,5 ming noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

10 sentabrda Italiya tomon suzib ketayotgan 18 kemadagi 2,3 ming odam qutqarib qolingandi.

11 sentabrda esa Liviyadan haddan tashqari yuklangan qayiqlarda Italiyaga yetib olmoqchi bo‘lgan 1,1 ming muhojirni qutqarishga muvaffaq bo‘lingandi. 

Avgustda Liviya qirg‘oqlari yaqinida 120 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketgandi.
 

Mavzuga oid
Top