22:23 / 12.09.2016
7239

Turkiya og‘ir zarba beruvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishlab chiqarmoqchi

Turkiya og‘ir zarba beruvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishlab chiqarmoqchi, deb aytdi Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk O‘zlyu.

"Bizning maqsad yuqori sifatli qurol va kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan 3,5-4 tonnali zarba beruvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishlab chiqarishdan iborat", deb aytdi Ozlyu Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida.  

O‘zlyu yaqin kelajakda Turkiyada ishlab chiqariluvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalari Anka’ni Turkiyaning TURKSAT sun'iy yo‘ldoshi boshqaruviga o‘tkazish rejasi borligini ma'lum qildi. "Yengil qurolli, og‘irligi 560-600 kg bo‘lgan bu uchuvchisiz parvoz qurilmalari muxolif Ozod Suriya armiyasini havodan qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha sifatida ishlatilmoqda", deb qo‘shimcha qildi O‘zlyu.         

Turkish Aerospace Industries (TAI) kompaniyasining Anka loyihasi Turkiyaning birinchi butkul milliy ishlanmasi bo‘lib, 2004 yildan Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshchiligida amalga oshirib kelinadi. 2013 yilda kompaniya Turkiya hukumati bilan 10 ta Anka qurilmasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Top