00:45 / 13.09.2016
7131

Amazon rahbari SpaceX raketalarining raqobatchisini taqdim qildi

Amazon kompaniyasi asoschisi va rahbari hamda Blue Origin rahbari Jyeff Bezos yangi og‘ir turdagi, ortga qaytariluvchi, ko‘p marotaba foydalanish mumkin bo‘lgan raketa loyihasini taqdim qildi. New Glenn deb nomlangan raketa SpaceX kompaniyasining Falcon seriyasidagi raketalari va boshqa muqobil raketalarga raqobat tashkil qilishi kerak, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"New Glenn tijoriy sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish va ekipajni fazoga yuborish uchun ishlab chiqilgan", deb aytdi Bezos.

Ma'lum qilinishicha, Blue Origin raketaning ikkita versiyasini yaratmoqda. Kompaniya shuningdek Kanaveral burnida raketani uchirish maydonchasi va sinov poligoni qurilishini olib bormoqda. Jon Kennedi nomidagi koinot markazida raketa tashuvchilarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavod quriladi.
 

Mavzuga oid
Top