15:32 / 13.09.2016
10641

Dunyodagi eng qimmatbaho choynak 3 million dollarga baholandi

Londonda dunyodagi eng qimmat choynak namoyish etildi. Luxurylaunches'ning xabar qilishicha, uning narxi 3 million dollarga teng. 

Egoist nomini olgan tilla choynak Italiyaning Scavia firmasi zargarlari tomonidan yaratildi. Uni bezash uchun 1,6 mingdan ortiq olmos va 388 yoqut sarflandi. Choynakning markazi 6 karatdan (1,2 gramm) ortiq vaznli yoqut bilan bezatilgan, qopqog‘iga esa yana bir 20 karatli (taxminan 4 gramm) qimmatbaho tosh yordamida ishlov berilgan. 

Ushbu choynak Chitra kolleksiyasining bir qismiga aylandi. Kolleksiya taxminan 1700 xil noyob oshxona anjomi va idishlardan iborat. Ularning orasidan Uinston Cherchillning qiziga tegishli bo‘lgan kumush choy servizi va 1816 yilda qirol Lyudovik XVIII xarid qilgan Xitoyning Sun sulolasi vaqtidagi idishlar majmui o‘rin olgan. 

Bunga qadar dunyoning eng qimmat choynagi 2007 yilda Sotheby's kimoshdi savdosida sotilgan choynak hisobalanardi. Uning bahosi 2 million dollarga baholangan. Bu qirolicha Yelizaveta I'ga tegishli bo‘lgan chinni idish edi. 
 

Mavzuga oid
Top