19:45 / 13.09.2016
11916

Indzagi YeChL finalida qaysi jamoalar to‘qnash kelishini taxmin qildi

«Milan» va «Yuventus» jamoalarining sobiq futbolchisi Filippo Indzagi bugun boshlanadigan Yevropa chempionlar ligasi arafasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Finalda kimlar o‘ynaydimi? «Yuventus» va «Bavariya». Nemislarda juda kuchli tarkib hosil bo‘lgan, Karlo Anchelotti esa – yuqori saviyali murabbiy, menga bu jamoa juda yoqadi. «Yuventus» ham hozirda eng kuchli davrda.

«Bavariya» mukammal jamoaga o‘xshaydi. Levandovski – dunyoning eng zo‘r hujumchilaridan biri, Myuller esa hamisha kerakli joyda paydo bo‘ladigan aqlli futbolchi, Duglas Kosta har qanday raqibni aldab o‘ta oladi.

«Yuve» tarkibi borasida gapiradigan bo‘lsak, ular hozir 3 nafar zo‘r hujumchini tarkibda jamlagan, menimcha, Mandukich, Higuain va Dibala uchligi haqida ishonch bilan gapirish mumkin.

Klub to‘g‘ri yo‘l tanladi, Pogbani sotish va tarkibni Higuain, Pyanich va Benatiya bilan kuchaytirish. «Yuventus» da faqat bir muammo bor – bu muammoni ham yengish lozim. Jamoa bosim ostida qolishi mumkin.

«Barselona»da aqldan ozdiruvchi  trio bor, bu yil bu uchlikka Pako Alkaser kelib qo‘shildi. Agar ularga to‘p berib qo‘yilsa, olish deyarli imkonsiz ishga aylanadi. Neymar, Messi va Suaresni to‘xtatish qiyin.

«Manchester Siti»mi? Menda bu jamoa haqida o‘tgan haftadagi derbidan keyin zo‘r taassurotlar paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ular ajoyib o‘ynashdi, shunchaki ideal darajada. Gvardiolani tabriklayman, uning g‘oyalari o‘zini ko‘rsata boshladi», – degan Indzagi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top