09:55 / 13.09.2016
12367

iPhone 7'ga oddiy quloqchinlarni ulash usulini topishdi

Illyustrativ surat

"VKontakte" foydalanuvchilari qanday qilib oddiy quloqchinlarni iPhone 7 qurilmasiga ulash mumkinligi to‘g‘risida so‘zlab berishdi. Shu mavzudagi post "Betonomeshalochka" jamoasida chop etildi.

Postga biriktirilgan suratga ko‘ra, "olma" texnikasi ishqibozlari iPhone 7'ning pastki chap qismida 14 millimetrli tuynuk ochishlari kerak bo‘ladi. Gadjyetning korpusi ostida oddiy quloqchinlarni ulash uchun yashirin joyi mavjud ekanligi haqida yozilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hazilni baholab, biror bir Apple ishqibozi berilgan maslahatga rioya qilib ko‘rishiga umid bildirishdi. Ushbu maqolaga yozilgan izohlarda foydalanuvchilar iPhone'ning avvalgi versiyalari bilan bog‘liq boshqa "mish-mishlar"ni yodga olishdi. "Esimda, 5-olmani mikroto‘lqinli pechda zaryadlash mumkinligi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lganida ko‘pchilik laqqa tushgandi", - deydi foydalanuvchilardan biri. 

Apple korporatsiyasi sentabrda Kaliforniyadagi shtab-kvartirasida yangi iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarini taqdim qildi. Gap shundaki, gadjyetlar quloqchinlarni ulovchi 3,5 millimetrli tuynukdan mahrum qilingan, yangi qurilmalarda Lightning porti orqali musiqa tinglash mumkin bo‘ladi. 


 

Mavzuga oid
Top