12:33 / 13.09.2016
7461

Lyuksemburg TIV Vengriyani YeI tarkibidan chiqarishni talab qilmoqda

Foto investing.com

Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn Vengriyani YeI tarkibidan chiqarishni talab qildi, deb yozmoqda Die Welt nashri.

«Biz Yevropaning fundamental qadriyatlari ommaviy buzilishini qabul qila olmaymiz. Harbiy qochqinlarga qarshi devor barpo etayotgan, so‘z erkinligi va sud hokimiyati mustaqilligini cheklayotgan Vengriya YeIdan vaqtincha yoki to‘liq chiqarilishi kerak», — deb bayonot bergan Asselborn.

Uning fikricha, Vengriya chegarani buzib o‘tayotgan qochqinlarni o‘qqa tutishga yaqin turibdi. Lyuksemburg tashqi siyosat mahkamasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, aslida Vengriyaning YeIga a'zo bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan. 
 

Mavzuga oid
Top