23:47 / 13.09.2016
10403

Shifokorlar Isroilning sobiq prezidentini sun'iy komaga tushirishga qaror qilishdi

Foto: © RIA

Shifokorlar insult taxmin qilingan Isroil sobiq prezidenti Shimon Peresni sun'iy komaga tushirib, uni hayotiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi tibbiy uskunaga bog‘lashdi. Bu haqida tibbiy xodimlarning so‘zlariga asoslanib, mahalliy televideniye xabar berdi. 

Shifokorlar 93 yoshli siyosiy arbobning ahvolini og‘ir, lekin barqaror, deya baholashmoqda. 

"Shifokorlar tavakkal qilmaslikka qaror qilishdi va Peresni tibbiy komaga tushirishdi - unga anesteziya yuborildi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun imkon qadar harakat qilishmoqda, jarrohlik masalasi hozircha hal qilinmadi", - deya ma'lum qildi Isroil televideniyesining To‘qqizinchi kanali.  

 

Top