18:14 / 13.09.2016
20247

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3 ming so‘mlik "chiziqdan o‘tdi"

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 14 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. AQSh dollari kursi o‘tgan haftaga nisbatan 5,49 so‘mga ortib, 3000,25 so‘mni tashkil qildi. 

Bu 6 sentabrdagi kursga nisbatan 5 so‘m 49 tiyinga ko‘p.

Yil boshiga nisbatan dollar kursi 190,27 so‘m yoki 3,13 foizga o‘sgan. 

Ta'kidlash joizki, AQSh dollari kursi 2016 yilning may oyi boshida 2,9 ming so‘m ko‘rsatkichidan ko‘tarilgan. 

14 sentabrdan e'tiboran 1 yevro qiymati 3367 so‘m 29 tiyin (6 sentabrdagi kursga nisbatan 7 so‘m 21 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 449 so‘m 19 tiyin (6 sentabrdagi kursga nisbatan 79 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 46 so‘m 12 tiyin (6 sentabrdagi kursga nisbatan 65 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Valyutalar kursi buxgalterlik hisob-kitobi, valyuta operatsiyalari bo‘yicha statistik va boshqa hisobotlarni  yuritish, shuningdek bojxona va shu kabi majburiy to‘lovlarni amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan har hafta belgilanadi. 

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid
Top