22:07 / 13.09.2016
26524

«O‘zbekneftegaz» rahbari 6 yil ichida ilk marta «Gazprom»ga keldi

«O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari Alisher Sultonov  «Gazprom» rahbari Aleksey Miller bilan uchrashdi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bergan.

«Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, gap O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilish masalasida bo‘ldi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish xususida gaplashildi», — deyilgan xabar matnida.

Qayd etilishicha, «O‘zbekneftegaz» rahbari oxirgi marta 6 yil muqaddam, 2010 yilning aprelida «Gazprom»ga tashrif buyurgandi. O‘shanda kompaniya rahbari Ulug‘bek Nazarov hisoblanardi.

Mavzuga oid
Top