10:53 / 14.09.2016
6267

Yangi iOS 10 dasturi Apple kompaniyasining navbatdagi mahsuloti

AQShning Apple korporatsiyasi mobil dasturiy ta'minotning yangi namunasi iOS 10 tizimini taqdim etdi. Apple matbuot bayonnomasida xabar qilinishicha, yangi DT( dasturiy ta'minot) iPhone telefonlari va iPad planshetlari uchun bepul yangilanish sifatida tarmoqqa joylangan.

Xususan, dasturning "Xabarlar" bo‘limiga ekranni to‘ldirish xususiyati qo‘llanilgan. Siz, qisqa xabar yozayotgan vaqtingizda ayrim so‘zlarni belgilab qo‘yishingiz mumkin. Havolalar esa internet sahifalarning mitti ko‘rinishida aks etadi. Bundan tashqari Tapback funksiyasi paydo bo‘lgan, u xabar, havola yoki suratga tezda javob berish imkonini beradi.
 
Siri ovoz tizimi odatdagidek App Store ilovalari bilan ishlaydi. Bundan tashqari, VoIP dasturlarida xabar jo‘natish, telefon qo‘ng‘iroqlari qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunindek, uning vositasida transport ilovalarida buyurtma berish, to‘lov dasturlarida shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, Siri CarPlay avtomobil dasturi bilan yaxshiroq ishlaydi.

"Suratlar" bo‘limida yuzni aniqlash funksiyasi chuqur o‘rganish texnologiyasi yordamida yanada aniqroq ishlaydi va o‘xshash chehralarni avtomatik ravishda bir albomga yig‘adi. Albomning "Joylar" bo‘limida barcha suratlar, videolar va Live Photos xaritada ko‘rsatiladi. 

Yangi iOS dasturida paydo bo‘lgan muhim jihatlardan biri, unda "Uy" ilovasining paydo bo‘lganidir. Uning vositasida HomeKit dasturini qo‘llaydigan uy jihozlarini boshqarish mumkin.

Yana bir yangiliklardan biri shundan iboratki, endi ekran iPhone telefonini qo‘lga olish bilan avtomatik ravishda ochiladi. 3D Touch funksiyasini qo‘llab-quvvatlash tizimi ham kuchaytirilgan.

Top