20:35 / 14.09.2016
10571

Xitoy elektromobillarga o‘tmoqda

Elektromobillar - hozirda u qadar keng tarqalmagan bo‘lsa-da, juda ajoyib transport vositalari. Muammo uning narxida emas, axir xohish va talab bo‘lsa, arzonroq mashinalar ishlab chiqarish ham mumkin. Asosiy muammo - bu elektr transport vositalarini qanday zaryadlashda. Yonilg‘i va gazda ishlovchi oddiy mashinalar uchun shahobchalar talaygina. Elektromobillar sohiblari esa hozircha yo uylaridagi rozetkalardan foydalanishlari, yoki elektron transport vositalari uchun sharoit yaratilgan katta shaharlarda yashashi kerak bo‘ladi. Turli mamlakatlar hukumatlari bu masalada bosh qotirishmoqda. Xitoyda esa bu borada ishlar boshlab yuborilgan.

XXR Taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma'lum qilishicha, Xitoy hukumati turar joylarda  elektromobillar uchun zaryadlovchi stansiyalar qurilishini tezlashtirishni rejalashtirmoqda.  Bunday qadam nafaqat ekologik sof avtolar ishlab chiqarishga, balki xaridorlarning elektr transport vositalarini xarid qilishiga imkon yaratadi. 

Rejaga muvofiq, elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari Xebey va Shandun provinsiyalari, Pekin, Tyantszin va boshqa bir qator yirik shaharlarda paydo bo‘ladi. Xitoy hukumati ishlarni tezlashtirish maqsadida qurilishda yordam ko‘rsatishlari uchun energetik kompaniyalarga murojaat qildi.    

Oxirgi ikki yil ichida elektrokarlarni "energiya" bilan ta'minlash holati yaxshilandi: joriy yilning yozida Xitoyda 81 ming zaryadlovchi stansiya jihozlandi.

Xitoyda elektron transport vositalari mashhur bo‘lib bormoqda, XXR hukumati elektromobillar ishlab chiqarish, elektron jamoat transport vositasini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Xitoy hukumati 5 million elektron mashinalarga xizmat ko‘rsata oluvchi zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. 

 

Top