09:06 / 14.09.2016
5346

Samsung Galaxy Note 7 uchun yangi dasturiy ta'minotni ishga tushirmoqda

Samsung kompaniyasi yangilangan dasturiy ta'minot ishga tushirilishini e'lon qildi. Mazkur DT janubiy koreyalik foydalanuvchilarga akkumulyatorning to‘satdan yonib ketish holatidan xavfsiramagan holda Galaxy Note 7 telefonidan foydalanishga yordam beradi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Yangilanish Galaxy Note 7 akkumulyatoriga bor-yo‘g‘i 60 foizgacha quvvat olishga imkon beradi, shu tariqa yong‘in holati bartaraf etiladi va telefon yonib ketmaydi. Bu o‘z qurilmasini qaytarib bera olmagan foydalanuvchilarni kutilmagan holatdan himoyalaydi.

Yangilangan DT 20 sentabr kuni Janubiy Koreyada chiqadi. Undan qachon boshqa davlatlardagi Samsung qurilmasi foydalanuvchilari ham foydalanish imkoniga ega bo‘lishi hozircha noma'lum.

Mavzuga oid
Top