17:55 / 15.09.2016
6820

Berni Sanders Edvard Snoudenni avf etish borasida o‘z qarashini bayon qildi

AQSh prezidentligi uchun saylovoldi kampaniyasida ishtirok etgan Vermont shtati senatori Berni Sanders The Guardian gazetasida chop etilgan maqolasida Amerika hukumatini AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenni kechirishga undadi.

«Edvard Snouden oshkor qilgan ma'lumotlar Kongress va Amerika xalqiga MXAning o‘z vakolatlarini qaydarajada suiiste'mol qilayotgani hamda Amerika fuqarolarining Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlari naqadar poymol etilayotganini bilish, anglash imkonini taqdim etdi», — deya hisoblamoqda siyosatchi. 

Shu bilan birga, Sandersning qayd etishicha, MXAning sobiq xodimi «o‘z qasamyodini buzgan va jinoyatni sodir etgan». Biroq, shunga qaramay, demokratning fikricha, mamlakat hukumati uni avf etib, Snoudenni «uzoq muddatli qamoq jazosi va doimiy quvg‘inda yurish» tashvishidan xalos etsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Top