16:09 / 15.09.2016
6901

Ford avtomobil vositasida ichimlik suvi ishlab chiqishni taklif etdi

Ford kompaniyasi muhandislari har yilgi «Further with Ford» an'anaviy konferensiyasida iste'molchilarni qiziqtirish mumkin bo‘lgan ajoyib ishlanmalari xususida ma'lum qildi. Ulardan biri «On-the-go H2O» tizimi — avtomobil salonining markaziy tonnelida joylangan suv dispenseridir. 

Tizimning ishlashi uchun sovutgich ishlashidan olinuvchi kondensatdan foydalaniladi. U avtomobil tubidagi maxsus idishda to‘planib, maxsus filtrdan o‘tkaziladi. G‘oya muallifi, Ford muhandisi Dug Martinning so‘ziga ko‘ra, natijada ichimlik suvi tanqis bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni birmuncha hal etish mumkin. 

Ikkinchi yangilik — «Phone as Car»— smartfonlar uchun maxsus ilova bo‘lib, audiotizim va iqlim nazoratini masofadan boshqarish imkonini beradi. Ford kompaniyasiga ko‘ra,, bu ham kelgusida ancha foydali bo‘ladi. Masalan, haydovchisiz avtomobillarda, ularning egasi oldiga kelgunicha havoni sovutgichni ishga tushirishi yoki sevimli musiqasini tanlashi mumkin. 

Bundan tashqari, tizim yo‘lovchining so‘zlarini haydovchi tiliga tarjima ham qila oladi. Bunda Ford SYNC dasturi yordamga keladi. Bu taksi xizmatlari uchun juda samarali bo‘lishi shubhasiz. 

Uchinchi ishlanma —Carr-E hoverbordi. Uning yordamida uzoqni yaqin qilish yoki masofadan boshqarish yordamida kichik yuklarni yetkazib berish mumkin. Yangilik sensorlar yordamida yo‘lida duch kelgan to‘siqlarni aylanib o‘ta oladi. 
 

Mavzuga oid
Top