12:11 / 15.09.2016
4626

Indoneziya hukumati Kalimantandagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun qo‘shimcha 5 ming kishini jo‘natdi

Indoneziya hukumati Kalimantan o‘rmonlarida davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirish uchun qo‘shimcha 5 ming kishini jo‘natdi. The Straits Times'ning ma'lum qilishicha, eng qiyin vaziyat orolning g‘arbiy va markaziy qismlarida kuzatilmoqda. 

Mamlakatdagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha milliy agentlikning rasmiy vakili Sutopo Purvo Nugroxoning bergan ma'lumotiga ko‘ra, mazkur operatsiyaga politsiyachilar, harbiylar, Atrof-muhit va o‘rmon xo‘jaligi muhofazasi vazirligining xodimlari, shuningdek mahalliy aholi vakillaridan iborat ko‘ngillilar jalb etilgan. Bundan tashqari, yong‘inni o‘chirish operatsiyasida 4 vertolyot ishtirok etmoqda.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda o‘rmonda taxminan 536 yangi yong‘in o‘chog‘i aniqlangan, vaziyat hududdagi quruq va shamolli ob-havo tufayli yanada murakkablashmoqda.

Mavzuga oid
Top