19:29 / 15.09.2016
10122

“Paxtakor” – “Bunyodkor”. Uchrashuvga oid ma'lumotlar

17 sentabr kuni oliy liganing 22-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Ikkinchi davrada hozircha g‘alaba qozonmagan “Paxtakor” bu an'anaga poytaxt derbisida chek qo‘yishga urinib ko‘radi. "Paxtakor"da Tojiyev diskvalifikatsiya, Karimov va Kozak jarohat sababli maydonga tusha olmaydi. "Bunyodkor"dan Bulyat ham aynan diskvalifikatsiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qarama-qarshilik

Oliy ligada jamoalar 19 bor to‘qnash kelishgan. 4 bahsda "sherlar", 7 uchrashuvda raqiblar zafar quchgan. 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan. 16 to‘p kiritgan jamoamiz 23 marta darvozasidan to‘p olib chiqqan. "Paxtakor" maydonida o‘tgan 9 bahsning 6tasi durang bilan yakunlangan. Ikki bor jamoamiz, bir safar mehmonlar yutuqqa erishgan.

PFL rasmiylari

Uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Joriy mavsumda 2 bahsimizni boshqardi. Ularda bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat kuzatilgan.

"Paxtakor" - "Bunyodkor"

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeyev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Akobir Shukurullayev (Toshkent).

Nazoratchi: Ibrohim Sharipov (Buxoro).

PFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Yoshlar ligasi uchrashuvi 16 sentabr kuni soat 17:00da Qibraydagi stadionda boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini 17 sentabr, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 18:30da start oladi. Chiptalarni stadion kassalaridan 5 va 15 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Top