11:20 / 15.09.2016
7046

Ronaldu YeChLning guruh bosqichida gol urish bo‘yicha Messiga yetib oldi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLning 1-turida «Sporting»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindagi gollardan biriga mualliflik qildi.

Bu gol jamoa 3 ochko ishlashiga xizmat qilishi bilan birga, 31 yoshli futbolchining YeChL guruh bosqichlaridagi 50-goli bo‘ldi.

Endilikda u bu borada Lionel Messi («Barselona») va Rud van Nistelroy bilan bir xil natija ko‘rsatib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bu borada rekordchi «Real» afsonasi Raul Gonsales hisoblanadi. Uning hisobida 53ta gol mavjud.

Turnirning barcha bosqichlari hisoblanganda Ronaldu 93ta gol bilan yaqqol yetakchi bo‘lib turibdi. Messi hisobida YeChLda urilgan 86ta gol bor, van Nistelroyning natijasi esa 56ta goldan iborat.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top