12:25 / 15.09.2016
6433

Tesla kompaniyasi amerikalik moliyachiga nisbatan g‘aroyib ayblovni ilgari surdi

Tesla Motors kompaniyasi Amerikaning boshqa bir kompaniyasi Quest Integrity Group  neft xizmati ko‘rsatuvchi firmaning moliyaviy direktori Todd Kattsga nisbatan bir qarashda g‘alati ayblovni ilgari surmoqda. Forbes jurnalining yozishicha, Katts Model 3 elektromobili xususida maxfiy ma'lumotlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinib, o‘zini Tesla rahbari Ilon Maskka o‘xshatishga harakat qilgan. 

Kaliforniya shtati Santa Klara okrugi oliy sudiga topshirilgan hujjatlarda aytilishicha, 3 avgust kuni Tesla bosh moliya mutaxassisi Jyeyson Uilerga qachonlardir Mask foydalangan elektron pochta manzilini yodga soluvchi manbadan maktub kelgan. Maktub Tesla rahbari nomi bilan yakunlangan. 

Murojaatchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, maktubda moliyaviy bashoratlar va Model 3 bo‘yicha buyurtmalar xususidagi axborotlarni yuborish iltimos qilingan. Tesla Motors kompaniyasining taxmin qilishicha, xatni yuborganlar ortida nafaqat Katts emas, balki o‘nga yaqin manfaatdor shaxslar turibdi. 

Endilikda, Tesla Quest Integrity Group tovon puli to‘lashini talab qilmoqda. Hozircha, Kattsning o‘zi nashrga bu borada izoh bermagan. 

Mavzuga oid
Top