19:48 / 15.09.2016
8967

“Tottenhem” ingliz klublari orasida rekordchiga aylandi

Chempionlar Ligasining 1-turida “Tottenhem” Londondagi “Uembli” stadionida “Monako” klubini qabul qildi.

Mazkur uchrashuvni kuzatish uchun stadionga 85 011 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu esa ingliz klublari uchun YeChLda muxlislar tashrifi borasida rekord natijaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem” o‘z maydonida “Monako”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Top