14:29 / 15.09.2016
9363

Tramp Tayms-skver ekranida Supermen rolida namoyon bo‘ldi 

Nyu-York markazidagi reklama ekranlaridan birida respublikachilar vakili Donald Tramp Supermen rolida tasvirlangan rolik ko‘rsatila boshlandi. Qahramonning kiyimida «S» (Superman) harfi o‘rniga «T» (Trump) harfi aks ettirilgan. Shuningdek animatsion videoda milliarderning saylov oldi kampaniyasiga tegishli "Amerikani yana buyuk qilamiz" shiori ham ko‘rsatilmoqda. 

Reklama ekranining balandligi - 16,7 metr. 16 sentabrga qadar Tayms-skverda namoyish qilinadigan reklama roligini joylashtirish bahosi 25 ming dollarni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top