21:32 / 15.09.2016
7755

Volkswagen yangi krossoverini namoyish qildi

Volkswagen’ning yangi Teramont deb nomlangan krossoveri 5 metrdan uzunroq kuzov bilan ta'minlandi. Unda 7 yo‘lovchi uchun o‘rindiq joylashtirilgan.

Kompaniya o‘rta o‘lchamdagi ushbu krossoveri videosini ham chiqardi.

Mashina kapoti ostida benzinli 2 litrli, 238 ot kuchiga ega TSI (ikkita turbopuflagichli) va 3,6 litrli, 280 ot kuchiga ega motorlar joylashtiriladi. 

Yo‘ltanlamasning ilk namoyishi joriy yilda Los-Anjyelesdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi, sotuvga esa 2017 yil bahorida chiqariladi.

 

Top