23:42 / 16.09.2016
28217

Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi

Yaponiyaning Yokogama universiteti shifokorlari turmush qurgan erkaklar oladigan ustunliklarni ma'lum qilishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Myunxenda qand qasalligini o‘rganish bo‘yicha Yevropa uyushmasining har yillik uchrashuvida taqdim qilindi. U haqda qisqacha The Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Olimlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlardan ikki marta kamroq ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq kasalliklarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatdilar. Misol uchun, uylanganlarda qand kasalligi, yuqori bosim va semizlik bilan bog‘langan metabolik sindrom kamroq rivojlanadi.

Shifokorlar 270 dan ko‘proq odamni o‘rgandilar, ularning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qilgan. Barcha ishtirokchilarda ikki turdagi diabet qayd qilingan. Ulardan 180 nafari uylangan, 90 nafari esa bo‘ydoq bo‘lgan.    

Olimlar respondentlarning vazni indeksini aniqlab, ularda tirik to‘qimaning miqdorini o‘lchashdi. Natijalarning ko‘rsatishicha, uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga qaraganda o‘rtacha ikki marotaba kamroq ortiqcha vazndan  aziyat chekishadi. 

Uylanganlarda tirik to‘qima miqdori o‘rtacha 18,9 kg ni, bo‘ydloqlarda esa 23,5 kg ni tashkil qilgan. Uylanganlar bo‘ydoqlarga nisbatan 58 foiz kamroq metabolik sindrom rivojlanishi xatariga ega bo‘lganlar.

Olimlarning ta'kidlashicha, ular tomonidan topilgan o‘zaro bog‘liqlik faqatgina erkaklarda namoyon bo‘ladi. Shifokorlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘lishining sababini uylanganlar ratsionalroq ovqatlanishi va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishlarida ko‘rmoqdalar.

 

Mavzuga oid
Top