16:25 / 16.09.2016
26523

Avtohalokatlarda bir o‘limdan qolgan futbolchilar

Yaqinda, Kristal Pelas jamoasi himoyachisi Pape Suare avtohalokatga uchragan futbolchilar ro‘yxatini to‘ldirdi. Yaxshiyamki, o‘yinchining hayoti xavf ostida emas. Ammo, uning Mersedesi xususida bunday deb bo‘lmaydi…

Aytish joizki, professional futbolchilar qanchalik qimmat mashinalarni xush ko‘rishsa, qasddan qilishganidek, ularni berahmlarcha vayron qilishni ham shunchalik yaxshi ko‘rishadi, shekilli. Bunda sport modellari singari standart modellar ham chetda qolmaydi. Mana yaqinda bo‘lgan voqea fikrimiz isbotidir. Kristal Pelas himoyachisi Pape Suare M4 avtomagistralida ketayotganda manziligacha yetib bora olmadi. Futbolchi shunchalik jiddiy halokatga uchradiki, oqibatda avtomobil tomidan judo bo‘ldi. Kelgan balo shunga kelsin, bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar! Suare ko‘zini bir yumib ochgach, shunday degan bo‘lsa ajab emas.

Afsuski, taniqli futbolchilarning avtohalokatda vayron bo‘lgan mashinalari ro‘yxati shunchalik kengki, Suare o‘ziga bu borada birinchi emasligi bilan ham taskin bersa kerak.

Chililik futbolchi Arturo Vidal o‘zining yangigina Ferrari Accurate sportkarini 2015 yilgi Copa America musobaqasidan biroz oldin avtomobillar chiqindixonasiga yubordi. Bu voqeadan so‘ng, Vidalni terma jamoa safidan chiqarishni ham xohlashdi. Chunki, u rulga shirakayf bo‘lib o‘tirgan. Ammo, barchasi yaxshilikka ekan, Vidal mahkama jarayonida ishini bitirdi. Amerika kubogini yana uning yetakchiligidagi jamoa qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joizki, Ferrarini mast bo‘lmasdan ham vayron qilish mumkinligini Ronaldu, ha aynan Krishtianu Ronaldu isbotlab qo‘ygan. U, Manchesterdagi faoliyati davomida mashg‘ulotlarga shunchalik shoshganki, sportkarining boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada…

Bunisi endi, Manchester Yunaytidning boshqa bir o‘yinchisining “avtoo‘yinchog‘i”. Albatta, «qizil iblislar» vakili tezlikni xush ko‘rmaydi, deyish noto‘g‘ri bo‘lur edi? Ammo, afsuski, Anderson jamoasida ham shunday tezlikda o‘ynaganda edi.

«Lord» laqabli daniyalik futbolchi Niklas Bendtner esa, mashinasini ham laqabiga mos ravishda parchalab tashlashning uddasidan chiqqan. Boshqalar Ferrarisini metallolomga yuborgan bo‘lsa, Bendtner Aston Martinining bahridan o‘tib qo‘ya qolgan.

Karim Benzemaning ko‘ngli tug‘ilgan kuni munosabati bilan poyga uyushtirishni tusab qolgani futbolchiga qimmatga tushdi.

Italiyalik futbolchi Mario Balotellining mazkur ro‘yxatda bo‘lmasligi, qaysidir jihatdan g‘alati bo‘lar edi. Shunga ko‘ra, u ham hamkasblaridan ortda qolishni o‘z sha'niga ep ko‘rmagan.

Mana bu rasm esa, futbolchilarning avtohalokatini aks ettirishda eng ko‘zga ko‘ringani bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Turkiya, Ferrari va yo‘l chetida turgan haydovchi Artem Milevskiyning afsus-nadomati...

Rossiyalik futbolchi Andrey Yeshchenko hozir ham RPLda muvaffaqiyatli to‘p surib, terma jamoa nomzodlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun u Yaratganga kuniga shukrona qilsa ham oz. Axir, bir ajaldan qutilib qolgani aniq.

Janubiy afrikalik futbolchi Rooy Maxamutsani dunyo futbol ishqibozlarining barchasi ham bilavermaydi. Ammo, uning mashinasi bilan uchragan avtohalokati ko‘p bora ijtimoiy tarmoqlarda va turli OAVlarida paydo bo‘lgan. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Maxamutsa ham Yeshchenko kabi bu avariyadan osongina qutilgan.

Va nihoyat, agar siz, ha endi futbolchilar katta pul topishayapti. Bosar-tusarini bilmay qolgan desangiz xato qilasiz. Buning isbotini sobiq futbolchi, “qariya” Ian Rayt isbotlab turibdi. U ham uncha arzon bo‘lmagan mashinada jiddiy halokatni boshidan kechirgan.

Top