21:33 / 16.09.2016
25924

Eng katta haq oluvchi televideniye aktrisasi ma'lum qilindi

Forbes jurnali televideniyeda eng katta haq oluvchi aktrisalar reytingini tuzdi.

Ushbu ro‘yxatni beshinchi yil ketma-ket 44 yoshli kolumbiyalik Sofiya Vergara egalladi. "Amerikancha oila" komedik serialining yulduzi yiliga 43 mln dollar ishlab topadi.

2-o‘rinni "Katta portlash nazariyasi" serialidagi aktrisa Keyli Kuoko (24,5 mln dollar) va 3-o‘rinni "Ofis" serialida rol o‘ynagan Mindi Kaling (15 mln dollar) egalladi.

Yetakchi beshlikdan, shuningdek, Marishka Xargitey ("Qonun va tartib. Maxsus korpus") va Ellen Pompeo ("Ehtiros anatomiyasi") o‘rin oldi.

Avgustda Forbes eng badavlat kinoaktrisalar ro‘yxatini chop etgandi. Unga ko‘ra, yiliga 46 mln dollar ishlab topgan Jyennifer Lourens 1-o‘rinni egalladi. Uning ortidan Melissa Makkarti (33 mln dollar) va Skarlett Yoxansson (25 mln dollar) kelmoqda.

Jurnal talqinicha, eng katta haq oluvchi kinoaktyor Dueyn «Qoya» Jonson hisoblanadi. U bir yil davomida 64,5 mln dollar ishlab topgan. Yetakchi uchlikdan shuningdek Jyeki Chan va Mett Deymon ham o‘rin olgan.

 

Top