11:42 / 16.09.2016
11102

Xizmat sifati oshib, mijozlar soni ortmoqda

Foto: Agrobank

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot eng avvalo inson va uning manfaati uchun xizmat qilmoqda. Islohot islohot uchun emas, balki inson uchun, degan tamoyil bugun hayotimizda o‘z aksini topmoqda.

Buni biz xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq etilayotgan dastur va loyihalarda yanada yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin.

Bu borada tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan ishlarga nazar tashlasak, olib borilayotgan izchil sa'y-harakatlar yanada oydinlashadi.

Xususan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank ham iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali taraqqiyotga xissa qo‘shib kelmoqda.

Bunda iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan yangilash, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakat taraqqiyoti va yurt farovonligini yuksaltirishning eng maqbul yo‘lidir. Respublikamizda iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani, tadbirkorlik sub'yektlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga turli imtiyoz va imkoniyatlar berilayotganining boisi ham shunda.

Bugun nafaqat shaharlarimizda, balki markazdan ancha olis bo‘lgan chekka tuman, qishloq va ovullarda ham yangi ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilayotgani, shunga mos ravishda tadbirkorlik sub'yektlari soni ko‘payib, ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda.

Keyingi yillarda ishlab chiqarish sub'yektlarini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida joylardagi sanoat tarmoqlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishilmoqda.

Xususan, yil boshidan shu kunga qadar turli tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 915 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida joylarda yangi tadbirkorlar ish faoliyatini boshlash bilan bir qatorda, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.

– Istiqlol yillarida xalqimiz turmush farovonligi yaxshilanib, mamlakatimizning chekka hududlarida ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, — deydi “MUMTOZ BARAKA INVEST” oilaviy korxonasi rahbari Manzura Omonova. — Bu esa men kabi ishbilarmon-tadbirkorlar uchun faoliyatimizni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. Hozirda har qaysi yurtdoshimiz istiqbolli va mukammal biznes loyihalar asosida o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsalar banklar tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanayotgani hech kimga sir emas. Men ham o‘z faoliyatimni boshlashimda ko‘pchilik tajribali tadbirkorlar bilan bamaslahat ish tutdim. Ular “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda ishlashni maslahat berdilar. Ayni shu jarayonda “Agrobank”ning Buvayda filiali yaqin ko‘makchim bo‘ldi. Ushbu bankdan 60 million so‘m kredit oldim. Mazkur kredit hisobiga sifatli qurilish mahsulotlari olib, tumanida aholiga zamonaviy umumiy ovqatlanish maskanini bunyod etdik.

— Bugungi kunda mamlakatmizning barcha jabhalarida ustuvor ishlar amalga oshirilmoqda. Buning zamirida Muhtaram Prezidentimizning oqilona siyosati va biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilgan qaror va farmonlari muhim ahamiyat kasb etayotir, — deydi “Odina Hakima Jasur” xususiy korxonasi rahbari Hakima Davlatova. — Ayniqsa, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizda mulkdor ayollar soni keskin oshmoqda. Men ham oilamning, farzandlarimning bekamu-ko‘st ulg‘ayishini o‘ylab tadbirkorlik etagidan tutdim. To‘g‘ri, ayol uchun bu ish juda mashaqqatli. Mana shu mas'uliyatni zimmasiga olgan ayollar esa aslo kam bo‘layotgani yo‘q. Tadbirkorlik faoliyatimni boshlash uchun “Agrobank”ninng Uchqo‘rg‘on filaliga moliyaiy ko‘mak so‘rab bordim. Bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan kredit xizmatlari bilan tanishdim. Natijada biznes loyihamga asosan mazkur bankdan kungaboqar moyi ishlab chiqarish texnologiyasini sotib olish uchun 305 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Ana shu mablag‘ tufayli o‘z beznesimni yo‘lga qo‘ydik. Qolaversa, aholi bandligi uchun 4 ta yangi ish o‘rni ham yaratdik. Hozirda kuniga 6 tonna kungaboqar mahsuloti qayta ishlanib, 4 tonna moy ishlab chiqarilmoqda. Korxona tomonidan kelgusida “Sumbula” yorlig‘i ostida kungaboqar moyi ishlab chiqarish rejalashtirmoqda.

Agrobankning o‘z ishidan va atrofdagilarning ko‘magidan minnatdor bo‘lib, faoliyat yuritayotgan bunday mijozlari safi yildan yilga kengayib bormoqda.

Muxtasar aytganda, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida aholi farovonligini ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan moliya muassasalariga tadbirkorlaru ishbilarmonlarning ishonchining oshishi muhim omil bo‘lmoqda. Ana shunday ustuvor tamoyil asosida ish olib borayotgan “Agrobank” ATB sarmoyalari tadbirkorlik, bunyodkorlik va taraqqiyotga xizmat qilmoqda.

Bank matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Top