12:00 / 16.09.2016
8169

"Manchester Siti" Aguero bilan yangi shartnoma tuzdi

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero klub bilan amaldagi shartnomasi muddatini yana uzaytirdi. 

The Telegraph nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Agueroning yangi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar amalda bo‘ladi. Futbolchi 2014 yilda klub bilan 2019 yilga qadar bitim tuzgan edi. Tomonlarning yangi kelishuviga ko‘ra, Serxio 2020 yilga qadar "shaharliklar"da qolishni afzal bildi. Qolaversa, futbolchining maoshi ham ko‘tariladi. 

Eslatib o‘tish kerakki, Serxio Aguero 2011 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klubda 213ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda 145 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. 

Top