08:31 / 16.09.2016
19702

Tonggi dayjest: Facebook sabab ota-onasini sudga bergan qiz, semizlikning sababi, o‘limga olib keluvchi suv zambaragi, "MYu"ning sensatsiyasi

O‘tgan tunda O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz’ning tonggi dayjestida.

21 millionlik O‘zbekiston saylovchilari


O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan prezident saylovlariga 21,4 mln dan ko‘proq saylovchi qayd etildi.

>>> Batafsil.  

Facebook sabab ota-onasini sudga bergan qiz


Karintiyada (Avstraliya) yashovchi  qiz 7 yil davomida uning “o‘ng‘aysiz va ochiq-oydin” suratlarini Facebook’ga ruxsatsiz joylashtirgan ota-onasini sudga berdi.

>>>  Batafsil.

Semizlikning sababi


Amerikaning Beylor tibbiyot kolleji va Virjiniya Politexnika universiteti olimlari sichqonlarning miya hujayrasida semizlikka sabab bo‘luvchi genni aniqlashdi.

>>>  Batafsil.

Trampning salomatligi


AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp davolovchi shifokorining uning salomatligi haqidagi hisobotini chop etdi.

>>> Batafsil.

"Tyangun-2" koinot stansiyasi


Xitoy 15 sentabrda "Tyangun-2" koinot stansiyasini fazoga uchirdi. Qurilma Yerdan 380 km balandlikdagi orbitaga chiqariladi, keyingi oyda esa unga bortida ikki nafar fazogir bo‘lgan "Shenchjou-11" koinot kemasi tutashishi kerak.

>>>  Batafsil.

Britaniyalik talabaning ixtirosi


22 yoshli britaniyalik talaba deyarli barcha sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lgan  portativ qurilmani ixtiro qildi.  

>>> Batafsil.

O‘limga olib keluvchi suv zambaragi


Yaponiyalik ixtirochi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi va hattoki uni o‘ldirishga qodir bo‘lgan suv zambaragini ixtiro qildi.

>>>  Batafsil.

"MYu"ning sensatsiyasi


"Manchester Yunayted" jamoasi Yevropa Ligasining 1-tur uchrashuvini Niderlandiyada "Feyyenoord"ga qarshi o‘tkazdi.

>>>  Batafsil.

Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlar


Apple Tree Communications kompaniyasi mashhur kishilarning turli ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari sonini hisoblab chiqib, ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur odamlar reytingini tuzdi.

>>>  Batafsil.

Dunyodagi eng keksa erkak diniy balog‘at yoshiga yetish marosimini nishonladi


Dunyodagi eng keksa erkak, isroillik Israel Kristal Birinchi jahon urushi sababli o‘tkazib yuborgan bar-mitsvasini (yahudiylarda diniy balog‘at yoshiga yetganlikni anglatuvchi udum) o‘tkazdi.

>>> Batafsil.

Fazliddin G‘oibnazarov: Biz o‘zimizdan ketib qolganimiz yo‘q


Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, bokschi Fazliddin G‘oibnazarov feysbukdagi sahifasida o‘zining xulqi borasida bildirilayotgan shubha va gumonlarga yana bir bor munosabat bildirib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Islom dinini qabul qilgan britaniyalik elchi


Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini amalga oshirgan birinchi yuqori martabali britaniyalik diplomatga aylandi.

>>> Batafsil.

Top